35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
⚡️Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq 12- sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

 Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi
chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida 

 

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 162-moddasiga asosan  

1.Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi 2025-yil 30-aprel kuni soat 15:00ga tuman hokimligining majlislar zaliga chaqirilsin. 

 2. Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin.  

 1) 2025-yil I chorak yakunlari bo‘yicha Prezident Ishonch telefoni, veb-sayt va tuman xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar, tumandagi korxona va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tuman xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatovning axboroti. 

 2) Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish, kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash hamda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish borasidagi ishlar to‘g‘risida tuman prokurori I.Mustanovning axboroti.  

 3) 2025-yilda Bulung‘ur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Buriboyevning hisoboti. 

 4) Vegetatsiya davri uchun iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash to‘g‘risida. 

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi 

Slide 1 of 1