35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
CHINOZ TUMANI.DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI

 Majlis kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi. 

Birinchi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-sonli qarorining Chinoz tumanidagi ijrosi bo‘yicha joriy yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining
hisoboti eshitildi. 

Ikkinchi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-iyuldagi “2024-2025 yillarda Toshkent viloyatining Chinoz tumanini ijtimoiyi-qtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 435/25-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosarlarining hisobotlari eshitildi. 

Uchinchi masala bo‘yicha 2025-yilda Chinoz tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ijrosi bo‘yicha joriy yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosarlarining hisoboti eshitildi. 

To‘rtinchi masala yuzasidan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2025-yil 1-chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.  

Majlisda tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 

Kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar A.Baxramov, D.Dadajonov, E.Saidovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. 

Doimiy komissiya majlisi yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjatlar qabul qilindi. 

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov 

Slide 1 of 9