35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining sakkizinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📑 Yig'ilish kun tartibidan:

✅ “O‘zbekiston-2030” startegiyasida belgilangan 61-maqsadda hamda aholini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida “Sirdaryo suv ta’minoti” MCHJ Boyovut tumani rahbari (U.Uralov)ning hisoboti to‘g‘risida;

✅ Tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan Boyovut tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i (S.Qosimov)ning tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti hamda yuborilgan deputatlik so’rovlarini ijrosini ta’minlash holati to‘g‘risida;

✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qaror yuzasidan deputatlar tomonidan o‘rganish yakunlarida aniqlangan muammolarning hal etilishi yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotini eshitish to‘g‘risida;

✅ Tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan Boyovut tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i(J.Turakulov)ning tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti hamda yuborilgan deputatlik so’rovlarini ijrosini ta’minlash holati to‘g‘risida;

Slide 1 of 9