Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
PARKENT TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

2026-yil 13-may kuni Parkent tumani hokimligi majlislar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, deputat Elmurod Po‘latov, tuman Kengashi raisi Faxriddin Dadamatov, tuman prokurori Qaxramon Mirsagatov hamda tumandagi mahalla raislari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, tuman prokurori Qaxramon Mirsagatov tomonidan korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini susaytirishi, shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga jiddiy putur yetkazishi haqida batafsil ma’lumot berildi. Tuman hokimi, deputat Elmurod Po‘latov o‘z nutqida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, barcha sohalarda shaffoflik va
ochiqlikni ta’minlash, fuqarolarning murojaatlari hamda muammolariga mas’uliyat bilan yondashish zarurligini alohida ta’kidladi. Tuman Kengashi raisi Faxriddin Dadamatov esa o‘z nutqida mahalla raislari hokimning joylardagi vakili sifatida aholi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish zarurligini targ‘ib etishi, korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekani, bu illatga nisbatan murosasiz bo‘lish hamda mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 6