Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
YOSHLAR SIYOSATI IJROSI VA MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI OʻRGANILDI

 YOSHLAR SIYOSATI IJROSI VA MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI
FAOLIYATI OʻRGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Raximov
hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Toʻxtasinovlar tomonidan Oʻzbek mahalla
fuqarolar yigʻinida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
10-sentyabrdagi PF-163-son hamda 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son farmonlari
ijrosini taʼminlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oʻrganish
olib borildi. 

Oʻrganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar
yetakchisining xizmat vazifalarini bajarish holati, yoshlar bilan ishlash
samaradorligi, ularning bandligini taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, tadbirkorlikka jalb qilish hamda
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha
tahlil qilindi. 

Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan
manzilli ishlash, ularning muammo va takliflarini oʻrganish, taʼlim, bandlik va
ijtimoiy muhofaza masalalarida amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha bajarilayotgan
chora-tadbirlar ham deputat tomonidan alohida koʻrib chiqildi. 

Oʻrganish davomida yoshlar yetakchisiga faoliyatni yanada
samarali tashkil etish, yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularni
jamiyat hayotida faol ishtirok etishga jalb qilish boʻyicha tegishli tavsiya va
koʻrsatmalar berildi.  

Slide 1 of 3