Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Saylovchilar bilan ochiq muloqot – hudud rivoji va aholi manfaatlari yo‘lida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Saylovchilar bilan ochiq muloqot – hudud rivoji va aholi manfaatlari yo‘lida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov tashabbusi bilan Yangihayot tumanidagi “Al-Farg‘oniy” hamda “Charog‘on” mahallalari hududida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur muloqotlarda Yangihayot tumani Kengashining Do‘stlik okrugi deputati Islom Xudayqulov hamda Charog‘on okrugi deputati Gulnoza Rahmanqulova ishtirok etib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar va fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

📝 Uchrashuvlar davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasidagi vazifalar keng muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, mahallalardagi sport inshootlari va ijtimoiy obyektlar holati, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi yoritish tizimini yaxshilash, jamoat transporti qulayligini oshirish, hududdagi obodonlashtirish ishlari hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Sayyor qabul shaklida kechgan uchrashuvlarda fuqarolar murojaatlari tinglanib, ularning taklif va tashabbuslari joyida muhokama qilindi. Nuroniylar tomonidan hayotiy tajriba va amaliy tavsiyalar bildirilib, mahallalarni yanada obod qilish, aholi farovonligini oshirish va mavjud ijtimoiy masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan konstruktiv fikrlar ilgari surildi.

🤝 Muloqot davomida hududdagi muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, zarur hollarda deputatlik nazorati mexanizmlarini ishga solish hamda fuqarolar bilan muntazam aloqani kuchaytirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

🔺 Ta’kidlanganidek, deputat va saylovchilar o‘rtasidagi bunday bevosita uchrashuvlar aholining fikrini eshitish, hududdagi ehtiyojlarni chuqur o‘rganish va ularni amaliy yechimlar bilan ta’minlashga xizmat qiladigan samarali muloqot maydoni sifatida izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10