Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
#jarayon

#jarayon

#Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik liseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati hamda #Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi o'rganildi

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati F.Sarmanov, Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar ishtirokida 39-umumta'lim maktabida o‘quv-tarbiya jarayoni hamda ta'lim sifati holatini o‘rganish maqsadida amaliy tashrif tashkil etildi.

🏢Tashrif davomida deputatlar maktab binosining umumiy holati, sinf xonalari jihozlanishi, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta'lim jarayonining samaradorligi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, maktab kutubxonasi, fan xonalari, sport zali va oshxona faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.

🚦Maktab hududi oldida yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda yo‘l-transport hodisalarini (YTH) kamaytirish, o‘quvchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida zarur choralar ko‘rish yuzasidan ham fikr almashildi. Bu borada piyodalar o‘tish joylarini tartibga keltirish, ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatish hamda harakat xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🖋Shuningdek, maktab rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4