Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
24-tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 22-Zartepa saylov okrugi deputati Yarmatov Muxiddin Nurxonovich tomonidan o‘z hududidagi 28-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish davomida maktabning sport zallari hamda sinf xonalari ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan zamonaviy monitorlar bilan jihozlanganligi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganilib, kutubxonachi Haydarova Gulbahor tomonidan mavjud adabiyotlar fondi hamda o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, mazkur maktabning 7-sinf o‘quvchisi Bo‘riyev Aslanbek “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichida munosib ishtirok etib, qariyb 600 dona badiiy adabiyotlarni yutib olgani va bu orqali maktab kutubxonasining boyishiga o‘z hissasini qo‘shgani alohida ta’kidlandi. Bundan tashqari, maktabda logoped xonalari ham mavjud bo‘lib, deputat logoped o‘qituvchi bilan suhbatlashdi hamda o‘quvchilarning nutqiy rivojlanishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish yakunida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1