Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Zartepa mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan Zartepa mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi. Mazkur o'rganish jarayonida tuman Kengashi kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid ham ishtirok etdi. O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi hamda mavjud muammolar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, mahalla fuqarosi Qurbonova Risolat tomonidan kredit mablag‘lari asosida issiqxona tashkil etilgani, unda pomidorning “Bo‘ron” navi yetishtirilayotgani ta’kidlandi. Ushbu tashabbus aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. Shuningdek, o‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlar faollari tomonidan ayollar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumotlar tinglandi. Deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1