Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Deputat tomonidan ta’lim muassasasi o‘rganildi.

Deputat tomonidan tumandagi Sharq guli mahallasida joylashgan “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari doirasida qurib bitkazilgan,yaqinda ish boshlashi kutilyotgan Yangi O‘zbekiston massivida barpo etilgan 990 o‘rinli umumta’lim maktabi joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Qo‘ziyeva Shoira hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Raximqulov Jamshid hamkorligida olib borildi.O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, moddiy-texnik baza hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, 24-tavsiya asosida binoda o‘rnatilgan liftlarning texnik holati o‘rganilib, ularning xavfsiz va samarali ishlashi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, maktab uchun yangi olib kelingan jihozlar sifati va ulardan samarali foydalanish darajasi deputat tomonidan alohida nazorat qilindi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud shart-sharoitlardan samarali foydalanishni yanada kuchaytirish yuzasidan ma'sullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1