Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Deputat A.Bakiyev va kotibiyat xodimi Sh.Ergasheva xonadonlarda: Amaliy muloqot va natijadorlik tahlili

Deputat A.Bakiyev va kotibiyat xodimi Sh.Ergasheva xonadonlarda: Amaliy muloqot va natijadorlik tahlili

✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-6-V-sonli hamda xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining VII-14-14-8-118-K/26-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash borasida tumanda tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

 O‘rganish va tahlil

Kengashning haftalik ish rejasiga muvofiq, aholi muammolarini o‘rganish va hududlardagi islohotlar samarasini tahlil qilish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. Xalq deputatlari Uzun tumani Kengash kotibiyati xodimi Sh.Ergasheva hamda deputat A.Bakiyev 2-Shodlik saylov okrugiga qarashli “Erkinlik” mahallasida bo‘lib, xonadonlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan yaqindan tanishdilar.

✅ Kredit — tadbirkorlikka poydevor

O‘rganishlar davomida mahalladagi hokim yordamchisining tavsiyasi va ajratilgan maqsadli kreditlar aholi farovonligiga qanday xizmat qilayotgani tahlil qilindi. Quvonarlisi, berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yganlar safi kengaymoqda.

Muvaffaqiyatli misollar:

O.Muxammadiyeva hamda Yu.Shoymardonovalar o‘z xonadonlarida zamonaviy tikuv sexi tashkil etib, bugungi kunda o‘zini o‘zi band qilgan holda daromad topishmoqda.

Slide 1 of 1