Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Yurtimiz tarixida muhim siyosiy voqelik — Yurtboshimiz tomonidan Oliy Majlis va xalqimizga navbatdagi Murojaatnoma yo`llandi. Ushbu Murojaatnomada bayon etilgan ustuvor yo`nalishlar, islohotlar va strategik vazifalar mamlakatimizning bugungi taraqqiyotini yanada jadallashtirish, kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

 Yurtimiz tarixida muhim siyosiy voqelik — Yurtboshimiz tomonidan Oliy Majlis va xalqimizga navbatdagi Murojaatnoma yo`llandi. Ushbu Murojaatnomada bayon etilgan ustuvor yo`nalishlar, islohotlar va
strategik vazifalar mamlakatimizning bugungi taraqqiyotini yanada jadallashtirish, kelajak avlod uchun mustahkam poydevor yaratishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
 

Murojaatnomada ilgari surilgan g`oya va tashabbuslar hayotimizdagi barcha sohalarni, jumladan, ta`lim tizimini, ayniqsa maktabgacha ta`lim sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Unda ta`lim sifatini
oshirish, bolalar tarbiyasiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, pedagog kadrlar salohiyatini yuksaltirish masalalari muhim vazifa sifatida belgilab berilgan.
Mazkur dolzarb masalalarni joylarda keng targ`ib
etish maqsadida Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati O.Xolmurodova tomonidan davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Navbatdagi bunday tadbir maktabgacha ta`lim tashkilotlari uslubchilari ishtirokida o`tkazildi.
Davra suhbati davomida Murojaatnomada belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari, shuningdek, maktabgacha ta`lim tizimida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ustuvor yo`nalishlar xususida atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar o`z
taklif va mulohazalarini bildirib, sohadagi islohotlarni yanada samarali tashkil etish bo`yicha fikrlarini o`rtoqlashdilar.
Bunday tadbirlar aholining, xususan, ta`lim sohasi vakillarining siyosiy-huquqiy ongini yuksaltirish, Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq etishda faollikni oshirishga xizmat qiladi.   

Slide 1 of 2