Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat S.Kayipova saylovchilariga yangilanayotgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasini tushuntirdi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
Kelajak strategiyasi — saylovchilar bilan birga muhokamada
янв.21
Tomdi tumanida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi
янв.21
Боғчага етказилган озиқ-овқат маҳсулотлари назоратдан ўтказилди
янв.21
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida Tomdi tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Қарорлар аҳамияти юзасидан тарғибот ташвиқот ишларини амалга оширамиз
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etilmoqda
янв.21
TIBBIYOTDА DOLZARB 90 KUN TАDBIRI АMАLDА
Ta’lim sohasida yangi davr

2025 yil 9 sentyabr kuni muhtaram Prezidentimizning rahbarligida maktabgacha va maktab ta’limi sohasini tubdan isloh qilish, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga 100 foiz qamrab olish, maktablarda kasb-hunarga puxta tayyorlash hamda kasb-hunar maktablarida ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, kelajak avlodni har tomonlama yetuk, bilimli va raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ta’lim tizimidagi islohotlar — bu faqatgina yangi darslik yoki infratuzilma emas, balki o‘quvchi shaxsiga, uning qobiliyati va kelajagiga qaratilgan investisiyadir.

Men, Muminova Lobar, 54-maktab direktori va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi deputati sifatida ushbu yig‘ilishda belgilangan vazifalarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman va amalga oshirish borasida fa’ol ish olib boraman.

Ta’limdagi islohotlarning ildiz otishi, avvalo, joylardagi rahbarlarning tashabbuskorligi, pedagog kadrlarning fidoyiligi va ota-onalar bilan hamkorligiga bog‘liq. Maktabimizda kasbiy ta’limni rivojlantirish, o‘quvchilarni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasb tanlashga yo‘naltirish, oliy ta’lim bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlash bo‘yicha aniq rejalarimiz bor.

️Biz kelajak avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ular uchun munosib shart-sharoit yaratishni o‘z oldimizga asosiy maqsad qilib qo‘yganmiz.

 Lobar Muminova, 

54-maktab direktori,

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi deputati

Slide 1 of 1