Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat S.Kayipova saylovchilariga yangilanayotgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasini tushuntirdi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
Kelajak strategiyasi — saylovchilar bilan birga muhokamada
янв.21
Tomdi tumanida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi
янв.21
Боғчага етказилган озиқ-овқат маҳсулотлари назоратдан ўтказилди
янв.21
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida Tomdi tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Қарорлар аҳамияти юзасидан тарғибот ташвиқот ишларини амалга оширамиз
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etilmoqda
янв.21
TIBBIYOTDА DOLZARB 90 KUN TАDBIRI АMАLDА
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Navbahor” mahallasi 53-maktabida “Obod qalb – Obod yurt” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov, maktab direktori hamda mahalla yoshlar yetakchisi ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarga samimiy tilaklar va hayotiy maslahatlarini bildirdilar.

Tadbir davomida yoshlarning ilmga chanqoqligi, yurt ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyat hissini yuksaltirish, o‘z maqsad va orzulari sari qat’iyat bilan intilish zarurligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Vatanga muhabbat, yuksak ma’naviyat va sog‘lom dunyoqarash har bir insonning hayotida muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida esa faol, bilimga intiluvchan va ibratli o‘quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Bu esa ularning yanada yuqori marralarni zabt etishida katta rag‘bat bo‘ldi.

Slide 1 of 7