Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat S.Kayipova saylovchilariga yangilanayotgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasini tushuntirdi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
Kelajak strategiyasi — saylovchilar bilan birga muhokamada
янв.21
Tomdi tumanida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi
янв.21
Боғчага етказилган озиқ-овқат маҳсулотлари назоратдан ўтказилди
янв.21
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida Tomdi tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Қарорлар аҳамияти юзасидан тарғибот ташвиқот ишларини амалга оширамиз
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etilmoqda
янв.21
TIBBIYOTDА DOLZARB 90 KUN TАDBIRI АMАLDА
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

 O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. 

AQSHning yetakchi kompaniyalari, investisiya fondlari va moliya institutlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan davra suhbatidan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gor huzurida ikki tomonlama bitimlarni almashish marosimi bo‘ldi.

Xususan, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi hujjatlar imzolangan:
- Transport vazirligi va Boeing kompaniyasi o‘rtasida transport sohasida uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- "Texnopark" MCHJ va FLSmidth kompaniyasi o‘rtasida tog‘-kon uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha
qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida bitim;
- Akfa group va Cleveland Clinic o‘rtasida ko‘p tarmoqli klinika va ta’lim muassasasini tashkil etish
to‘g‘risida bitim;
- Centrum Air aviakompaniyasi va Oppenheimer investisiya kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Citigroup kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim; -"O‘zbekgidroenergo" AJ va Cargill Financial Services International kompaniyasi o‘rtasida moliyaviy
hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- "O‘ztransgaz" AJ va Pangea Filtration Technology kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Cove Capital kompaniyasi o‘rtasida istiqbolli maydonlarda
geologiya-qidiruv ishlarini olib borish to‘g‘risida bitim;
- "Yangi Kon" MCHJ va SLB kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan Biologic International kompaniyasi o‘rtasida sun’iy intellekt va biotexnologiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun jamg‘armalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston ochiq, barqaror va investitsiyalar uchun jozibador mamlakatga aylanib borayotganini ta’kidlab, xorijiy sarmoyadorlarni yurtimizdagi yirik loyihalarda faol ishtirok etishga chorladi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xushbaqov Jasurbek

Slide 1 of 4