Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 9-Tuvadoq saylov okrugi deputati D.Karimova o‘z saylangan hududi, Tuvadoq mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

         Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 9-Tuvadoq saylov okrugi deputati D.Karimova o‘z saylangan hududi, Tuvadoq mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

           Uchrashuvda o‘tgan to‘rt oy davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan axborot berdi.

           Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muammo va takliflari eshitilib, tegishli tashkilotlarga so‘rovlar chiqarildi.

           Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2736-III/KQ-592-III-sonli qo‘shma qarori yuzasidan mahalla faollariga tushuntirishlar berildi Jumladan uzoq yillik qadriyatlari va an’analarini o‘zida aks ettirgan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an’analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanayotganligi va bularni oldini olish uchun aholi orasida targ‘ibot tadbirlarini ko‘paytirish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha fikr bildirib o‘tdi.

           Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Bag‘dod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazorat o‘rnatish maqsadida, mahallada dasturlarga kiritilgan loyihalar joyiga chiqib o‘rganildi hamda nazoratga olindi.

Slide 1 of 10