Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Toshkent shahrida “Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

 Tadbir Oliy Majlis Senati huzuridagi Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy dastur asosida tashkil etildi. Unda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. Kalanov, hamda Kengashlari kotibiyati mudirlari va doimiy komissiyalar raislari faol ishtirok etdi. Seminarda mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport, shuningdek, agrar soha, suv xo‘jaligi va ekologiya yo‘nalishlaridagi doimiy komissiyalar faoliyati yuzasidan tajribalar taqdim etildi. Shu bilan birga, Kengash kotibiyatlari tomonidan Kengash ishini tashkiliy-texnik jihatdan boshqarish borasidagi amaliy ishlar haqida ma’lumot berildi. Tadbir davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini tashkiliy-huquqiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, norma ijodkorligini samarali tashkil etish, qarorlar qabul qilishda qonuniylikni ta’minlash, mahalliy byudjet va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish hamda ijrosini nazorat qilish, ijroiya hokimiyat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, rejalashtirish va hisobot yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 6