Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
YANGI O‘ZBEKISTON – YANGI HAYOT SARI

 Avvalo, barchangizni yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Bu tarixiy sana har birimiz uchun beqiyos faxr va g‘urur manbaidir.
Zero, 1991 yil 1-sentabr kuni millatimiz o‘z irodasini namoyon etib, o‘z mustaqil davlatini barpo etdi. Bu erkinlik, tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi eng ulug‘ qadamlardan biri bo‘ldi.
So‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ydi.
"Yangi O‘zbekiston – yangi hayot" shiori ostida yurtimizda har bir sohada chuqur va izchil o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Barcha sohalarda ochiqlik, adolat va fuqarolarning manfaatlarini ustuvor qo‘yish tamoyillari hayotga joriy etildi.
Men, shahar Kengashi deputati sifatida, barchamiz uchun bebaho ne’mat – mustaqillikning qadriga yetishimiz, uni ko‘z qorachig‘idek asrashimiz va kelajak avlodlarga
barkamol ravishda yetkazishimiz kerak, deb hisoblayman. Mahalliy darajada olib borilayotgan islohotlarda aholining faolligi va tashabbuskorligi asosiy omil bo‘lmoqda.
Har bir fuqaromiz o‘z shahrining, mahallasining obodligi va ravnaqi uchun mas’uliyatni chuqur his etmoqda.
Shu fursatdan foydalanib, shahrimizdagi barcha fidokor yurtdoshlarimizga, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ishlab chiqarish, ijtimoiy soha xodimlariga chuqur minnatdorlik
bildiraman. Sizlarning mehnatingiz tufayli yurtimiz tinch, xalqimiz baxtli yashamoqda. 

Aziz yurtdoshlar! 

Keling, kelayotgan ulug‘ ayyom – Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir-birimizni qutlab, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida yanada jipslashaylik. Kelajagimiz – farzandlarimiz
uchun yanada farovon, adolatli va taraqqiy etgan Vatanni barpo etishda har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik.

Xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashi deputati Raxmatova Gulnoz Shavkat qizi.