Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Muattar Mirzajonova Boyovut tumani "U.Yusupov" mahallasida istiqomat qiluvchi D.Mamatqulova xonadonida bo‘ldi.

Dilorom opa Mamatqulova — buvilarimizdan meros bo‘lib qolgan kurok ko‘rpacha tikish san’atini nafaqat asrab qolayotgan, balki uni zamonaviy dizayn va uslublar bilan uyg‘unlashtirib, yosh avlodga o‘rgatayotgan haqiqiy ustoz-amaliyotchidir.

Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Mamatqulova hozirda bir nechta shogirdlarga hunar o‘rgatib, mahalliy ayollar bandligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bu kabi tashabbuslar — mahallada ijtimoiy faollikni oshirish, milliy hunarmandchilik an’analarini asrash va yangi avlodga yetkazishda muhim o‘rin tutadi.

Deputat Muattar Mirzajonova ushbu tashabbusni yuqori baholadi, hunar egasiga minnatdorchilik bildirib, shogirdlarga kerakli ko‘mak va tavsiyalar berilishini ta’kidladi.

An’anaviy qadriyatlar va zamonaviy yondashuv uyg‘unligi — Boyovut ayollarining kuch-g‘ayrati va fidoyiligining yorqin namunasidir.

Slide 1 of 4