Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
DEPUTAT FAOLIYATI:

DEPUTAT FAOLIYATI: 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi deputatlari S.Yuldoshev va Ch.Yusupov tumandagi "Zartepa" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi KQ-35-V-sonli qarori bo‘yicha tuman Kengashi deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yish maqsadida uchrashuv olib bordi.

Uchrashuv davomida MFYlar faollari, aholi hamda turli soha vakillari bilan suhbatda boʻlib, amaldagi qonunlar, keyingi paytda ularga kiritilgan oʻzgartirishlar, Prezident Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va meʻyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati boʻyicha tegishli maʻlumotlarni ularga taqdim etilmoqda.

Ana shunday yuzma-yuz muloqotlardan biri tumandagi aholisi birmuncha zich joylashgan "Zartepa" MFYsida boʻlib oʻtdi.

Deputatlar “mahalla yettiligi” xodimlari, mahalliy tadbirkorlar va aholi vakillari bilan oʻtkazilgan suhbat jarayonida mahalladoshlar hayotida keyingi paytda roʻy bergan tub oʻzgarishlar, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari xususida soʻz bordi.

Uchrashuv yakunida aholining mavjud muammolari bo’yicha takliflari olindi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo’yicha deputatlik nazorati o’rnatildi.

✍️ Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi

Slide 1 of 1