Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Axrorjon Ibadullayev "O‘zbekiston" mahallasida saylovchilar, ko‘cha boshlari hamda mahallaning faxriy nuroniylari bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar, taklif va mulohazalarni diqqat bilan tingladi.

Shuningdek, Axrorjon Ibadullayev joriy yilning 2-choragi bo‘yicha amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi. Deputat tomonidan ilgari ko‘tarilgan muammolar yechimi bo‘yicha qilingan ishlar haqida aniq ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida nuroniylar ham o‘z duolari, maslahatlari va fikr-mulohazalari bilan chiqish qilishdi. Ularning hayotiy tajribalari asosidagi fikrlar deputat tomonidan alohida qadrlanib, yozib olindi.

“Aholi ishonchiga munosib javob berish — deputatlik burchimizdir”, — dedi Axrorjon Ibadullayev.

Slide 1 of 6