Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Qizlarning erta turmush qurushi va ajrimlarning oldini olish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.

Qizlarning erta turmush qurushi va ajrimlarning oldini olish bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.

O’zbekiston XDP Termiz tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. Shafoatova hamda Xotin-qizlar bo’yicha hokim o’rinbosari, ichki ishlar hodimi, mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Suhbat jarayonida deputat mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish, qizlarning erta turmush qurushi ajrimlarning oldini to’g’risida fikr bildirdi.

Qizlarning erta turmush qurishi ularning ta'lim olish, o‘z salohiyatini rivojlantirish va bolalik davridan to‘liq bahramand bo‘lish huquqlarini cheklaydi. Bu holat ko‘pincha majburan yoki bosim ostida amalga oshadi, natijada yosh qizlar hayotga tayyor bo‘lmagan holda katta mas’uliyatni zimmasiga olishadi. Bu esa sog‘liq, ruhiy barqarorlik va ijtimoiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Asosiy xavflar:

• Ta'limdan chetda qolish

• Onalikka tayyor bo‘lmagan organizmda sog‘liq muammolari

• Oilaviy zo‘ravonlik xavfi

• Iqtisodiy mustaqillikning yo‘qligi

Erta turmush qurishni kamaytirish uchun qiz bolalarga ta’lim berish, ongli qaror qabul qilish imkonini yaratish va jamiyatda bu mavzuga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi takidlandi. 

Slide 1 of 4