Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Munosabat.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga qilgan davlat tashrifi — ikki qardosh davlat o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Men deputat sifatida ayniqsa transport va energetika sohalaridagi kelishuvlarga alohida e’tibor qaratmoqchiman. Bu yo‘nalishlar nafaqat davlatlarimiz iqtisodiy mustaqilligini, balki mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda ham strategik ahamiyatga ega.

Transport sohasida:

Ozarbayjon orqali O‘zbekistonning Yevropa, Qora dengiz va Kavkaz mintaqasiga chiqish imkoniyatlari kengaymoqda. Transkaspiy transport yo‘lagi, multimodal tashuvlar, logistika markazlari — bularning barchasi tashqi savdomizga yangi turtki beradi, eksportchilarimizga qulaylik yaratadi.

Energetika sohasida:

Qo‘shma loyihalar doirasida energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, “yashil energiya” bo‘yicha tajriba almashish, elektr uzatish tarmoqlarini kengaytirish kabi tashabbuslar ikki tomon uchun ham manfaatlidir.

Bu sohalardagi hamkorlik natijalari nafaqat milliy darajada, balki hududlarda — xususan, sanoat zonalari, tadbirkorlar, eksportchi korxonalar faoliyatida amalda sezilishi kerak.

Shu bois xalq vakili sifatida joylarda bu imkoniyatlardan samarali foydalanish, muayyan loyihalarga ko‘maklashish va monitoring olib borish biz deputatlarning zimmasidagi muhim vazifadir.

Yangi yo‘llar, barqaror energiya, ochiq imkoniyatlar — bu hamkorlikning asl maqsadi!