Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati R.Abuov tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Bayanasov Tomdibuloq OFY hududida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZADI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Ayaqquduq OFY Qulumbet ovulida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat S.Kayipova saylovchilariga yangilanayotgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasini tushuntirdi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
Kelajak strategiyasi — saylovchilar bilan birga muhokamada
янв.21
Tomdi tumanida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Shayimova Xalnisa Yakubovna "Paxtakor" mahallasida bo‘lib, bir nechta muhim manzillarda bo‘ldi.

Avvalo, deputat mahallada joylashgan 9-son oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) qurilishi bilan yaqindan tanishdi. Qurilish jarayoni, loyihaning amalga oshirilish holati, sifat va muddat masalalari o‘rganildi. Mahalla aholisi uchun muhim bo‘lgan ushbu tibbiyot maskanining tez fursatda foydalanishga topshirilishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, 26-maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurilib, ta’lim sifati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish va sanitariya holatlari o‘rganildi. Tashkilot jamoasi bilan suhbat o‘tkazilib, muammolar va ehtiyojlar tinglandi.

Tashrif davomida deputat fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi. Murojaatlar, taklif va fikrlar asosida joyida tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 6