Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati R.Abuov tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Bayanasov Tomdibuloq OFY hududida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZADI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Ayaqquduq OFY Qulumbet ovulida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat S.Kayipova saylovchilariga yangilanayotgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasini tushuntirdi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
Kelajak strategiyasi — saylovchilar bilan birga muhokamada
янв.21
Tomdi tumanida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Doimiy komissiyaning sayyor yig‘ilishi

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy kengash deputatlaprining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha bergan tavsiyalari asosida sessiyaga kiritilgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish amaliyoti amalga oshirildi. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining “Mahalliy byudjet,
tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”ning sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda doimiy komissiyaning ish rejasi asosida
sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani joyiga chiqib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etildi. Sessiya kun tartibidagi
“Ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va nogironligi bo‘lgan shahslarning har tomonlama qo‘llab-quvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risida”gi shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari I.Axmadaliyevning hisoboti tinglandi.
 

Muhokama jarayonida shahar kengashi kotibiyati mudiri X.Ibrgimova, doimiy komissiya raisi U.Abdunazarov, doimiy komissiya a’zolari K.Muxitdinova, K.Shukurov o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Jumladan, 6 oylik davomida fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish rejasi 102,7 foizga bajarilgan bo‘lsada, o‘z faoliyatini tugatgan yoki vaqtinchalik faoliyat yuritmayotgan xo‘jalik subyektlaridagi ishchi-xodimlar, shuningdek, norasmiy ish bilan band bo‘lganlarni rasmiy bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida masalani ko‘tardilar. Ushbu masalani alohida Ishchi guruh tuzgan holda tahlil qilish va sessiya qaror loyihasiga kiritish taklifi ma’qullandi.   

Slide 1 of 4