Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati R.Abuov tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Bayanasov Tomdibuloq OFY hududida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZADI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Ayaqquduq OFY Qulumbet ovulida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat S.Kayipova saylovchilariga yangilanayotgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasini tushuntirdi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
Kelajak strategiyasi — saylovchilar bilan birga muhokamada
янв.21
Tomdi tumanida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Deputat madaniyati – jamiyatga namuna

Deputat madaniyati – jamiyatga namuna

Bugungi kunda davlat boshqaruvi va jamiyat hayotida deputatlarning roli ortib bormoqda. Ular nafaqat qonun ijodkorligida, balki xalq va hokimiyat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik vazifasini bajaradi. Shunday ekan, deputat shaxsi, uning bilim saviyasi, siyosiy ongi, jamiyatga munosabati va, albatta, madaniyati ham yuqori darajada bo‘lishi zarur.

Deputat madaniyati bu – uning odob-axloqi, xalq bilan muomalasi, nutq madaniyati, yig‘ilishlardagi munosabati, fuqarolar murojaatlariga hurmat bilan yondashishi va o‘zining shaxsiy namunasi orqali jamoatchilikka ta’sir ko‘rsatish qobiliyatidir.

Har bir deputat axloqiy jihatdan pok, odil va samarali ishlaydigan inson bo‘lmog‘i shart. Uning harakatlari, muomalasi va hatto kiyinish uslubi ham jamiyatdagi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Xalq vakillari oddiy fuqarolar bilan muloqotda samimiy, ochiq va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi deputat madaniyatining muhim jihatlaridan hisoblanadi.

Qonunlarning xalq hayotiga qanday ta’sir o‘tkazayotganini kuzatib, ularni tinglash, ehtiyoj va muammolarni o‘rganib, tegishli tashkilotlarga murojaat qilish – deputatlik faoliyatidagi asosiy vazifalardan. Bu jarayonda madaniyatli munosabat, sabr-toqat va e’tibor muhim o‘rin tutadi.

Shuningdek, deputatlar yoshlar bilan ishlashda, ularni Vatanga muhabbat, ma’naviyat, ma’rifat va faol fuqarolikka chorlashda ham o‘ziga xos targ‘ibotchi vazifasini bajaradi. Bunday faoliyatni olib borishda madaniyatli muomala, keng dunyoqarash va faol ijtimoiy pozitsiya zarur bo‘ladi.

Qisqasi, xalq vakili bo‘lgan deputat har jihatdan jamiyat oldida mas’uliyatni his etgan holda, har doim o‘zini to‘g‘ri tutishi, xalq ishonchini oqlashi va yuksak madaniyat sohibi bo‘lishi shart. Chunki deputat — xalq ko‘zgusi!

Oqoltin tumani kengashi deputati

Babaev Esanboy Omonmuratovich 

Slide 1 of 1