Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati R.Abuov tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Bayanasov Tomdibuloq OFY hududida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZADI
янв.21
DEPUTAT YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Ayaqquduq OFY Qulumbet ovulida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat S.Kayipova saylovchilariga yangilanayotgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasini tushuntirdi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
Kelajak strategiyasi — saylovchilar bilan birga muhokamada
янв.21
Tomdi tumanida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Deputatlar yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilish jarayonini o‘rgandilar

Xalq deputatlari Zarbdor tumani kengashi deputatlari M.Gaipov va J.O‘skanovlar tomonidan Shodlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Nihol massivida bunyod etilayotgan yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilish jarayoniga deputatlik nazorati amalga oshirildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda. Ushbu ta’lim muassasasi 330 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, buning uchun davlat byudjetidan 12 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Qurilish ishlarini “MEROS” xususiy korxonasi olib bormoqda.
Deputatlar joyiga chiqqan holda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi, sifat va muddat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, loyiha doirasida ta’lim muassasasining zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishi, o‘quvchilarning qulay va xavfsiz sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Qurilish ishlarining belgilangan muddatda va sifatli yakunlanishi doimiy nazorat ostida bo‘lishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 4