Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
"Ezgu ish – insoniy burch": Vobkentda 1-iyun munosabati bilan qon topshirish aksiyasi davom etmoqda

Aksiyaning asosiy maqsadi – bolalar salomatligini asrash, tibbiy muassasalar zaxirasini to‘ldirish va ijtimoiy faollikni oshirish orqali aholida xayriya madaniyatini rivojlantirishdir. Bu tashabbus doirasida bugungi kunga kelib 30 nafardan ortiq fuqaro ko‘ngilli tarzda qon topshirdi.

– Donorlik – bu nafaqat ezgu amal, balki jamiyat oldidagi burchdir. Ayniqsa, bolalar hayotini saqlab qolish uchun har bir tomchi qon qadrli, – deydi aksiyada ishtirok etganlardan biri, faol fuqarolardan Murodjon Yo‘ldoshev.

Aksiya davomida shifokorlar va tibbiyot xodimlari tomonidan qon topshiruvchilarga zaruriy maslahatlar berildi, salomatliklari tekshirildi. Tadbir tashkilotchilari har bir ishtirokchiga minnatdorchilik bildirgan holda, ularning bu xayrli ishini boshqalarga namuna sifatida ko‘rsatdilar.

Mazkur donorlik aksiyasi “Adolat” SDPning aholining sog‘lig‘ini asrash va bolalarni himoya qilish borasidagi faoliyatidagi navbatdagi amaliy qadamlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Aksiya yaqin kunlarda ham davom etishi rejalashtirilgan.

Muhim jihati shundaki, bunday tadbirlar fuqarolarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini oshiradi, jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlaydi. Zero, bir tomchi – bir hayotni saqlab qolishi mumkin.

Slide 1 of 3