Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Doʼstlik koʼchasi – zamonaviy va qulay shahar sari qadam

 Doʼstlik koʼchasi – zamonaviy va qulay shahar sari qadam 

Doʼstlik tumanida aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish, shahar koʼchalarini zamonaviy va xavfsiz holatga keltirish borasida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda.
Аyniqsa, shahar markazini “Mevazor” mahallasi bilan bogʼlovchi asosiy transport yoʼli – Doʼstlik koʼchasi tubdan yangilanmoqda. 

Hozirda ushbu koʼchaning qariyb 2 kilometrga yaqin qismida asfalьtlash ishlari jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda. Loyihaga muvofiq, koʼcha toʼliq 24 soat harakat uchun moʼljallangan zamonaviy yoʼlga aylantiriladi. Bu esa shaharning boshqa mahallalari bilan bogʼlanishni yengillashtirish, aholi va avtotransport oqimini erkinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yoʼl ikki taraflama kengaytirilmoqda, piyodalar uchun alohida xavfsiz yoʼlaklar, zamonaviy yoritish chiroqlari, aholi uchun qulay xizmat koʼrsatish
shoxobchalari hamda ijtimoiy infratuzilmalar barpo etilishi koʼzda tutilgan va ular amalga oshirilmoqda. 

Bu bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar koʼrinishini oʼzgartirmoqda, balki joylarda yangi ish oʼrinlari, tadbirkorlik imkoniyatlari va turizm salohiyatini
yuksaltirishga ham zamin yaratib beradi.  

Doʼstlik shahridagi bu kabi keng koʼlamli oʼzgarishlar shaharning kelajagiga ishonch bagʼishlamoqda.  

Slide 1 of 4