Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Mahalliy davlat hokimiyati tizimini isloh qilish: “2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” asosiy yo‘nalishlari

 2025 yil 23 iyunda qabul qilingan PF-98-sonli Prezident Farmoni asosida O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati tizimini tubdan yangilashga
qaratilgan “2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Bu konsepsiya mahalliy hokimiyat organlarining samaradorligini oshirish, jamoatchilikning boshqaruvdagi ishtirokini kuchaytirish va aholining turmush sifatini yuksaltirishga qaratilgan. 

Konsepsiya doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilangan: 

1. Mahalliy hokimiyatning institutsional asoslarini mustahkamlash – hokimiyatning markaziy va mahalliy bo‘g‘inlari o‘rtasida vakolatlar aniq taqsimlanadi. 

2. Hokimiyat organlarining ochiqligi va hisobdorligini oshirish – aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot mexanizmlari yaratiladi. 

3. Raqamlashtirish va raqamli boshqaruvni joriy etish – “Elektron hokimiyat” tizimi keng joriy etilib, xizmatlar sifatli va tezkor bo‘ladi. 

4. Mahalliy moliya tizimini kuchaytirish – mahalliy byudjetlar mustaqilligi ta’minlanadi, resurslar manbai kengaytiriladi. 

5. Kadrlar salohiyatini oshirish – mahalliy davlat organlari rahbar va xodimlari uchun muntazam malaka oshirish tizimi joriy etiladi. 

Bu konsepsiya mamlakatimizda demokratiya tamoyillarini mustahkamlash, fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishda muhim poydevor vazifasini o‘taydi. 

Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Egamberdiyev Abror Ergashovich  

Slide 1 of 1