Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat S.Kayipova saylovchilariga yangilanayotgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasini tushuntirdi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
Kelajak strategiyasi — saylovchilar bilan birga muhokamada
янв.21
Tomdi tumanida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi
янв.21
Боғчага етказилган озиқ-овқат маҳсулотлари назоратдан ўтказилди
янв.21
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida Tomdi tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Қарорлар аҳамияти юзасидан тарғибот ташвиқот ишларини амалга оширамиз
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etilmoqda
янв.21
TIBBIYOTDА DOLZARB 90 KUN TАDBIRI АMАLDА
Parkent tumani markazidagi ko‘prik foydalanishga topshirildi

Xabaringiz bor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Parkent tumanida amalga oshirilayotgan ko‘plab yirik loyihalardan biri sifatida markaziy ko‘prikda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgandi. Mazkur ko‘prik zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, rekonstruksiya ishlari o‘z yakuniga yetdi. Tumanimiz aholisi orziqib kutayotgan ushbu zamonaviy ko‘prikning foydalanishga topshirilayotganligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.Unda tuman hokimi Sardor Isoqulov boshchiligida tumanimizdagi davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, nuroniylar, yoshlar, mahalla faollari ishtirok etdi.Tadbirda hokim
so‘zga chiqib, tumanimiz aholisini markaziy ko‘prikning foydalanishga topshirilishi bilan samimiy qutladi.Shundan so`ng tuman Kengashi deputati X.Muxitdinov so`zga chiqib tumanimizdagi keng bunyodkorlik ishlari xaqida o`z fikrlarini bildirdi. Ta’kidlanganidek, ilgari shu ko‘prikdagi tirbandlik bu yerdan o‘tib qaytuvchi aholi uchun juda katta muammo tug‘dirayotgandi. Ayniqsa, haydovchilarning ko‘prik yaqiniga mashinalarini qo‘yib ketishi ham muammolarni ko‘paytirayotgandi.Mazkur ko‘prikni rekonstruksiya ishlari davomida unga bog‘lanadigan yo‘llar ham kengaytirildi. Ko‘prikning yonidan o‘tuvchi yo‘l tunnel orqali Yettikent bekati qarshisidan Zarkent va So‘qoq tomonga olib boruvchi markaziy yo‘lga ulandi.Ilgari ko‘prik 43 metr, 2 tasmali, kengligi 10 metr edi. Undan bir sutkada o‘rtacha 2 ming 500 ta avtomobil o‘ta olardi. Bunyodkorliklar sabab, bu ko‘prikning uzunligi 57 metr bo‘lib, 6 tasmali, kengligi esa 24 metrga yetkazildi.Endi ko‘prik orqali bir sutkada o‘rtacha 7 ming 500 dan ortiq avtomobil tez va xavfsiz o‘tishi mumkin.Bu o‘z navbatida Parkent tumani aholisi, qolaversa, hududga kelayotgan sayyoh va mehmonlarning manziliga tezroq yetib borishlarida vaqtini tejaydi.
 

Slide 1 of 10