Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat S.Kayipova saylovchilariga yangilanayotgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasini tushuntirdi
янв.21
“O`zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar
янв.21
Kelajak strategiyasi — saylovchilar bilan birga muhokamada
янв.21
Tomdi tumanida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi
янв.21
Боғчага етказилган озиқ-овқат маҳсулотлари назоратдан ўтказилди
янв.21
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida Tomdi tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Қарорлар аҳамияти юзасидан тарғибот ташвиқот ишларини амалга оширамиз
янв.21
Aholi murojaati ijobiy hal etilmoqda
янв.21
TIBBIYOTDА DOLZARB 90 KUN TАDBIRI АMАLDА
Munosabat

 Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 26
may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan
videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida bugungi tahlikali
va noaniqliklarga to‘la sharoitda har bir mamlakat, avvalo, eng ko‘p ish o‘rinlari
yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini ko‘rayotganini ta’kidladi.
 

Yig‘ilishda mahalliy sanoatni
qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu boradagi holat
tuman va tarmoqlar kesimida tahlil qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
 

Shuningdek davlatimiz rahbari muhim tashabbusni ilgari
surdi. O‘zbekistonda Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi.
Unga xorijdan brend-menejer, dizayner, marketologlar jalb etilib, milliy brendlarimizni
jahon bozoriga olib chiqishga ko‘maklashiladi. Xalqaro sertifikati bor, raqobatbardosh
mahsulotlarga sifat belgisi berilib, dunyoda keng targ‘ib etiladi.
 

Milliy brendlarni ko‘paytirish,
mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
 

O‘tgan yilning o‘zida mebelsozlik yo‘nalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada
6 trillion 700 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
 

Sharof Rashidov, Yangi Namangan, Pastdarg‘om, O‘rtachirchiq,
Quva, Buvayda, Yunusobod va Uchtepada ham Xonqa tajribasi asosida mebelchilik markazlarini ishga tushirish topshirildi.
 

Yiliga 1 ming nafar mebel ustalarini zamonaviy ko‘nikmalarga
o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
 

2024 yilda zargarlikda
ishlab chiqarish 200 million dollardan
oshdi, eksport 17 foizga o‘sib, 92 million
dollarga yetdi.
 

Endilikda zargarlar
ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin
bo‘ladi.
 

Joylardagi norasmiy zargarlik
rastalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, ularning
faoliyati qonuniylashtiriladi.
 

Aholi soni o‘sishi, urbanizatsiya jarayoni qurilish materiallariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. 

Endilikda, developerlarga aylanma mablag‘ uchun kredit
ajratishda mahalliy qurilish materialiga ustuvorlik beradigan tizim joriy qilinadi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar
va tadbirkorlarning takliflari eshitildi.