Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
📌 Sut va go‘sht mahsulotlari sifati — nazoratda

📍Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati F. Abdurazzaqov tomonidan viloyat ishchi guruhi va televideniye vakillari bilan hamkorlikda tumanda aholini sifatli sut va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek chorvachilik sohasini rivojlantirish holati yuzasidan monitoring ishlari olib borilmoqda.

🔍 Tashrif davomida mahalliy fermer xo‘jaliklari, chorvachilik bilan shug‘ullanayotgan oilaviy tadbirkorlar, kooperatsiyalar va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar faoliyati o‘rganilmoqda.

🟢 Monitoring jarayonida:

yetishtirilayotgan mahsulotlar sifati;

veterinariya va sanitariya talablariga rioya qilinishi;

bozorlarda aholiga yetkazilayotgan mahsulot narxi va sifati;

subsidiya, imtiyozli kreditlardan foydalanish holati;

yoshlarning chorvachilikka jalb etilishi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🗣 Deputat F. Abdurazzaqov o‘z chiqishida ushbu soha aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda beqiyos o‘ringa ega ekanini ta’kidlab, mavjud muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari tayyorlash tashabbusi bilan chiqdi.

🎥 Mazkur monitoring jarayonlari OAV, xususan viloyat televideniyesi orqali ham yoritilmoqda va bu orqali aholining muammo va takliflarini ochiq-oshkora yetkazish imkoniyati yaratilmoqda.

✅ Chorvachilikni rivojlantirish — bu nafaqat iqtisodiy barqarorlik, balki xalq salomatligi va turmush darajasini oshirishning muhim omilidir

Slide 1 of 4