Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Xotira kechasi

 Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashiga 8- Al - Xorazmiy saylov okrugidan saylangan deputat Matyakubova Adiba o‘zi saylangan hududdagi 33-maktabda usta pedagog, buyuk inson — marhuma Natalya Masharipovna Tilyabayeva xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi. 

Tadbirda deputat Matyakubova Adiba Natalya Masharipovna Tilyabayevaning ta’lim sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, o‘quvchi-talabalarga yuksak bilim va tarbiya berishi, o‘qituvchilik faoliyatidagi ibratli hayot yo‘li haqida to‘lqinlantiruvchi
so‘zlar aytdi.
 

Shuningdek, u buyuk ustozlarning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodni vatanparvarlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ana shunday tadbirlarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi. Xotira va qadrlash insonning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladigan, unutilmas dars ekani qayd etildi.  

Tadbir so‘ngida “Ustoz haqida xotiralar” mavzusida tashkil etilgan insholar tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Slide 1 of 8