Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Deputatning ish-rejasiga asosan navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi.

🤔 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Inobat Bobokulova tashabbusi bilan Past Darg‘om tumani Ilm va To‘rt tom mahalla fuqarolari yig‘inida istiqomat qiladigan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🖋 Ushbu sayyor qabulda tuman kengashi deputati N. Alloyorova, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashi raisi X. Xayitova, tuman hokimligi mas’ullari va mahalla “yettiligi” ishtirok etishdi. 

✉️ Sayyor qabulda aholi tomonidan yigirmadan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning aksariyati ayollar ishsizligi va bola puli nafaqasi kabilarni tashkil etadi.

👝 Ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilish uchun ayollarimizga berilayotgan imtiyozli kreditlardan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. 

🤝 “Bola puli” nafaqasi bo‘yicha qilingan murojaatlar mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan nazoratga olinib, onlayn platforma orqali kiritilish tartibi fuqarolarga tushuntirildi. Fuqaro Jamila Sattarova nabirasining sog‘ligida muammolar borligi uni davolashda amaliy yordam ko‘rsatish haqidagi murojaati viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga o‘rganib amaliy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirildi.

 💭 Shuningdek, deputat Inobat Bobokulova tomonidan qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, olib borilayotgan islohotlar, hamda “Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturi bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan fikr mulohazalar aytib o‘tildi.

Slide 1 of 3