Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
«MAROQANDA” MAHALLASIDAGI MAVJUD MUAMMOLAR DЕPUTAT E’TIBORIDAN CHЕTDA QOLMADI

Xalq deputatlari viloyat Kengashiga 45-Arabxona saylov okrugidan saylangan deputat Akbar Axtamov Pastdarg‘om tumanidagi “Maroqanda” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashgan chog‘ida aholi tomonidan ayrim yechimini kutayotgan masalalar o‘rtaga tashlandi.

Xususan, aholi “Maroqanda” mahallasidan Kimyogarlar shaharchasi orqali Samarqand shahriga jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yilishida amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab deputatga murojaat qilishdi.

Fuqarolar mahalla chegarasidan oqib o‘tuvchi anhorning suv taqsimlash inshoaati ustidan o‘tgan ensizgina yo‘lni kengaytirish masalasini ham ko‘tarishdi. Bu yo‘l orqali aholi “Baxshiboyi” mahallasi hududidagi qabristonga mayitlarni olib borishini, shunday vaziyatlarda qiyinchiliklar kuzatilayotgani bois yo‘lni kengaytirish juda muhimligi bildirildi.

Shuningdek, uchrashuvda saylovchilar mahalla hududida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ehtiyoj borligini, bog‘cha qurilishini davlat dasturiga kiritib, uning faoliyat boshlashiga erishish bo‘yicha ham takliflarni ilgari surishdi.

Mahalla hududida joylashgan “Maroqand” neft bazasiga boruvchi yo‘ldagi suv o‘tkazgich quvurini almashtirish, neft omborida avariya holati kuzatilganda foydalanilishi lozim bo‘lgan zahira yo‘lni ta’mirlash yuzasidan ham fuqarolar Akbar Axtamovga murojaat etishdi.

Deputat aholi tomonidan ko‘tarilgan barcha masalalar nazoratga olinganini, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun tegishliligi bo‘yicha mutasaddi boshqarmalarga va mahalliy hokimlikka deputatlik so‘rovlari yuborilishini ma’lum qildi.

Slide 1 of 5