Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ninchi sessiyasi 10-aprel kuni o‘tkaziladi

Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 7-aprelda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o'ninchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

- Viloyatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida gaz ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali boshlig‘i A.Muxammadiyevning hisoboti;

- viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i X.Umarovning 2025-yil I chorakda viloyatda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;

- O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanini jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida;

viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

- viloyat hokimining 2025-yil 27-martdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” 93-7-0-Q/25-son qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;

- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi kotibiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yig‘ma jildlar nomenklaturasini tasdiqlash to‘g‘risida;

- boshqa masalalar.