Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tomdibuloq OFYdagi bog‘lar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tumanda qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Qulumbet ovulidagi maktab qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri v.v.b A.Jaysanbayev “Sharq” OFYda hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Ayaqquduq” OFYda ichki yo‘llar va tungi yoritish holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Keregetov OFYdagi bog‘ holati o‘rganildi
янв.21
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

  Sessiya kun tartibiga tumanning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, budjet daromadlarining ijrosi, investitsiya loyihalari, aholini ish bilan ta’minlash holati va boshqa muhim masalalar kiritildi.

  Jumladan, sessiyada quyidagi masalalar muhokama qilindi:

➖Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetining 2025-yil birinchi chorak yakuni bilan orttirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida;

➖Bo‘stonliq tumanida mahalliy budjet daromadlari rejasining bajarilish holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha joriy yil birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

➖2025-yilda aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash dasturi ijrosi yuzasidan birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

➖Bo‘stonliq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2025-yil uchun manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida;

➖Xalqaro moliya institutlari ishtirokida tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha konsepsiyani ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

➖Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati xodimlarining mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida bo‘ldi.

✅Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 9