#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35
Aholiga taklif etilayotgan mahsulotlar narxi o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘. Omonov va Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan deputat saylangan Yangiobod MFY hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish davomida aholi kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning mavjudligi, ularning narx-navosi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan savdo xizmatlari holatiga e’tibor qaratildi.
Bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash, narxlar barqarorligini kuzatib borish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdan iborat.