#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva tomonidan o‘zi saylangan Termiz MFY hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va muammolari tinglandi.
Uchrashuv davomida profilaktika inspektori bilan hamkorlikda hududdagi fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilinib, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Fuqarolar murojaatlari e’tiborga olinib, aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olindi.