Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

ELEKTR TA’MINOTI MUAMMOSI BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35

ELEKTR TA’MINOTI MUAMMOSI BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan o‘zi saylangan M. Eshtemirov MFYning Tinchlik va Anhor ko‘chalaridagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur deputatlik so‘rovi asosida hududdagi elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha transformator o‘rnatish ishlari boshlandi.

Ayni vaqtda ish jarayonlari deputat A. Avliyakulov, MFY raisi hamda mahalla faollari ishtirokida joyiga chiqqan holda kuzatib borilmoqda.

⚡️ Fuqarolar murojaati — amaliy yechim sari. Masala deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 5