#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35
ELEKTR TA’MINOTIDAGI MUAMMO O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda deputat M. Eshtemirov tomonidan MFY yettiligi vakillari bilan hamkorlikda hududda aholi uchun muammoli bo‘lib kelayotgan elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning elektr ta’minoti bilan bog‘liq e’tiroz va murojaatlari tinglandi. Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritilgani hamda hozirda muammoni bartaraf etish bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda ekani fuqarolarga ma’lum qilindi.
Masalaning ijrosi deputatlar tomonidan nazoratga olinib, ishlar yakuniga yetkazilishi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik davom ettirilishi ta’kidlandi.