#162_qonun
#deputat_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev tomonidan Termiz davlat pedagogika institutida yoshlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga o‘rganildi
Tadbir davomida mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingani, Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangani haqida ma’lumot berildi.
Yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy bilimlarini yuksaltirish va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga tegishli tushuntirishlar berildi.