Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan o‘zi saylangan M. Eshtemirov MFY hududida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududda aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolar muammolarini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2