Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_mudiri
#24_ta_masala

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Obod turmush” mahallasidagi g‘isht ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi

Bandixon tumanida mahalliy sanoatni rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va aholi bandligini oshirish borasida izchil deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev 4-“Obod turmush” saylov okrugi deputati O.Ishpo‘latov okrugida bo‘lib, hududdagi g‘isht ishlab chiqarish zavodida o‘rganish o‘tkazdi.

Tashrif davomida korxonaning texnologik jarayonlari, mahsulot unumdorligi va sifati, texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.

Tadbirkor bilan o‘tkazilgan suhbatda ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4