Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI

TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI
Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda Kengash Ekspert guruhi rahbari I. Xazratov tashabbusi bilan nuroniylar va Ekspert guruhi a’zolari — ayollar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
🧠 Har bir yurish — puxta o‘ylangan qaror, har bir partiya — tafakkur va strategiya sinovi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, zukkoligi, sabr-toqati va strategik yondashuvini namoyon etib, murosasiz va qiziqarli bahslarda kuch sinashdilar.
🤝 Mazkur tadbir orqali nuroniylar va yosh avlod vakillari o‘rtasida avlodlar davomiyligi, sog‘lom raqobat va o‘zaro do‘stona muhit yanada mustahkamlandi.
🏆 G‘olib va faol ishtirokchilar Nuroniylar jamg‘armasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
♟ Shaxmat — faqat o‘yin emas, u sabr, aql va to‘g‘ri qaror san’atidir!

Slide 1 of 5