Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xotin-qizlarni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli M.Azimovaning faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli M.Azimova tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini aniqlash hamda qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, hisobot davrida:

2 nafar xotin-qizga imtiyozli kredit ajratilgan;

19 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgan;

️52 nafar xotin-qizga Qo‘qon shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatilgan;

1 nafar fuqaroning uy-joyi ta’mirlab berilgan;

136 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan;

2 nafar xotin-qizga vaucher asosida ijara to‘lovi to‘lab berilgan;

ajrim yoqasidagi oilalar bilan yarashtirish ishlari olib borilib, 19 ta oila yarashtirilgan;

ayni paytda 4 ta ajrim yoqasidagi oila bilan tegishli tartibda ish olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida erta tug‘ruqning oldini olish maqsadida 4 marotaba targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari o‘tkazilgani qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4