Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Ibragimov YU. tomonidan
52-sonli oilaviy poliklinikaning tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝Uchrashuv davomida aholining bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlanishi, mavjud imtiyozlar va fuqarolarning ushbu yo‘nalishdagi murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.
💊Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan aholiga dori vositalarini belgilangan tartibda yetkazish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha fikr almashildi.
📝Uchrashuv yakunida aholining dori-darmon bilan ta’minlanishi holatini o‘rganish, fuqarolarning murojaatlarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish va amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.