Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi faoliyatida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qaroriga muvofiq, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanishda ochiqlik va jamoatchilik ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur qarorning 8-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshisiga asosan, 2022-yil 1-iyundan boshlab quyidagi tartib amalda qo‘llanilmoqda:
🔹 Mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi takliflar jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun 10 kun muddatga “E-qaror” elektron tizimiga joylashtiriladi
🔹 Mazkur tartib jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga nisbatan tatbiq etilmaydi
🔹 Jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘shimcha manbalardan foydalanish bo‘yicha takliflar ochiq tarzda e’lon qilinadi
📌 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan ushbu tartib asosida qabul qilinayotgan qarorlar ochiqlik, shaffoflik hamda jamoatchilik ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda.