KOMISSIYA A’ZOSI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Sadritdinov Nasritdin Faxriddinovich mazkur yo‘nalishda faol ishtirok etib kelmoqda.
U 1-Sanoat saylov okrugidan saylangan deputat sifatida hududda ijtimoiy sohani rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, madaniyat va sport yo‘nalishlaridagi ishlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Komissiya a’zosi tomonidan:
— hududdagi muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
— aholi murojaatlari tahlil qilinmoqda
— ijtimoiy soha va yoshlar masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda
Shuningdek, komissiya doirasida ko‘rilayotgan masalalar yuzasidan amaliy tashabbuslar ilgari surilib, ularning samarali ijrosi ta’minlanmoqda.
Mazkur faoliyat hududlarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Komissiya faoliyati doimiy ravishda Kengash nazoratida olib borilmoqda.